Yuqori martabaga erishish uchun o‘z ishini sevadigan tirishqoq va intiluvchan xodim bo‘lish kerak. Rahbariyatning nazariga tushish uchun, yoki o‘z ishini yaxshi bajarish kerak, yoki unga chaqqonlik bilan chap berish kerak. Yuqori lavozimga o‘tish uchun albatta birinchi usul to‘g‘ri keladi. Ishga jiddiy munosabatda bo‘lishingizni va siz haqiqatan ham mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishga loyiq ekanligingizni ko‘rsatishingiz lozim. Bunda sizga bir necha oddiy, lekin foydali maslahatlar yordam beradi. O‘z ish joyingizni tartibga keltiring Boshlig‘ingizning e’tiborini qozonishga urinib ko‘rishdan oldin o‘z ish joyingizni yig‘ishtiring. Diqqatingizni chalg‘itadigan narsalardan qutuling. Nimaning qayerda turishini yaxshi bilsangiz, kerakli narsalarni izlashga vaqtingizni sarflab o‘tirmaysiz. Shunda sizning kundalik vazifalarga e’tiboringizni qaratish osonroq bo‘ladi. Ishingizga baho berishlarini so‘rang Rahbariyatdan ishingizni qanday qilib yaxshilashingiz mumkinligi haqida ochiqdan-ochiq so‘rang. Aks holda siz foydasi bor yoki yo‘qligini bilmasdan turib uning ko‘nglini topish uchun ishingizni qayta-qayta bajarishingizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun nimani o‘zgartirish kerakligi, nimaga e’tibor berish va boshlig‘ingiz sizdan nimani kutayotganini aniq bilgan yaxshiroq. Intizomli bo‘ling Intizomli bo‘lish sizga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va boshlagan ishingizni oxiriga yetkazishda yordam beradi. Tanaffus qilib turing Charchagan va holdan toygan holatda siz o‘z ishingizni yaxshi bajara olmasligingiz aniq. Shuning uchun dam olish va kuch yig‘ishga albatta vaqt toping. Manba: Daryo.uz |
Комментарии
Отправить комментарий